Magistraturaga tayyorlov til kursi

Magistraturaga tayyorlov til kursi

Image

Kurs haqida

TXVUning magistratura bosqiçi uçun Akademik ingliz tili tayyorlov kursi sizning ingliz tili darajangizni magistratura bosqiçida akademik ta’lim talablariga muvofiq mustahkamlaş maqsadida işlab çiqilgan. Uşbu kurs magistraturaga kiriş talablariga javob berişni xohlovçilar yoki magistratura kursini boşlaşdan oldin akademik ingliz tili böyiça bilim, könikma va malakalarini oşirişni istaganlar uçun muvaffaqiyat imkoniyatini taqdim etadi.

Kurs davomiyligi

2 oy

96 soat

72 soat amaliy maşğulotlar 24 soat mustaqil / aralaş ta’lim

3 marta haftada

keçki vaqt

Kursning mazmun va maqsadlari

Bizning maqsadimiz sizni universitetda tahsil oliş uçun mustahkam asos bilan ta’minlaş hamda ta’lim jarayonida muvaffaqiyatli iştirok etişingiz uçun zarur bölgan ingliz tili va ta’lim oliş könikmalarini şakllantirişdir. Şu bois, uşbu kursning asosiy maqsadi quyidagi könikma va kompetensiyalarni rivojlantiriş va takomillaştirişdan iborat:

Ingliz tilidagi murakkab akademik matnlarni tahlil qiliş, baholaş va talqin etiş uçun ilğor tanqidiy öqiş strategiyalarini qöllaş, matndagi asosiy dalillar, farazlar va dalillovçi asoslarni aniqlay oliş.

Turli raqamli platformalarda ilmiy ma’lumotlarni samarali izlaş, tanqidiy baholaş, tizimli ravişda boşqariş va aniq ifodalaş uçun keng qamrovli raqamli savodxonlik könikmalarini oşiriş.

Ma’ruza, seminar va akademik muhokamalar kabi oğzaki manbalardan muhim ma’lumot va murakkab qaraşlarni töğri talqin qiliş, umumlaştiriş va sintez qiliş, hamda ilğor konspekt tuziş könikmalarini namoyon etiş.

Faktlar, qaraşlar va murakkab dalillarni aniq va mantiqan izçil ifodalaş, sohaga xos aniq terminologiyadan foydalaniş hamda magistratura darajasidagi akademik yozuv uslubi va talablariga qat’iy rioya etiş.

Işonçli manbalarni tanqidiy tarzda integratsiya qiliş orqali fikr va xulosalarni asoslaş, oğzaki va yozma akademik nutqda iqtibos keltiriş va havola beriş qoidalarini mukammal egallaş.

Mutaxassislik sohalariga mos akademik va professional kontekstlarda tuzilgan va mantiqan izçil taqdimotlarni işonçli hamda işontiruvçi tarzda taqdim etiş orqali yuqori darajadagi taqdimot könikmalarini şakllantiriş.

Yozma işlar va tadqiqot jarayonining har bir bosqiçida sizga keng qamrovli yöl-yöriq va batafsil fikr-mulohazalar berib boriladi. Talabalarning mustaqilligi rağbatlantiriladi va rivojlantiriladi, bu esa tinglovçilarga WIUT LMS (öquv materiallari joylaştiriladigan platforma) orqali taqdim etilgan materiallardan foydalanib, mustaqil işlaş imkonini beradi.

Kurs jamoasi

Kurs ingliz tilini öqitiş, öquv dasturlarini işlab çiqiş va baholaş sohalarida xalqaro tajribaga ega bölgan yuqori malakali mutaxassislar jamoasi tomonidan olib boriladi:

Liliya Makovskaya
Öqituvçi

PhD, Buyuk Britaniya Oliy ta’lim akademiyasining Faxriy a’zosi (SFHEA)

Liliya Makovskaya
Alisher Kosimov
Öqituvçi

Toşkentdagi Xalqaro Westminster Universitetida assistent öqituvçi

Alisher Kosimov
Iroda Saydazimova
Öqituvçi

Putra Malayziya Universiteti PhD nomzodi, Buyuk Britaniya Oliy ta’lim akademiyasining Faxriy a’zosi (SFHEA)

Iroda Saydazimova
Xolida Begmatova
Öqituvçi

Putra Malayziya Universiteti PhD nomzodi, Buyuk Britaniya Oliy ta’lim akademiyasi a’zosi (FHEA)

Kholida Begmatova
Umida Raximova
Kurs menejeri

Akademik rivojlaniş markazida akademik rivojlantiriş böyiça mutaxassis

Umida Raximova

Qabul talablari

IELTS böyiça minimal umumiy ball - 5,5, yoziş (Writing) qismda esa kamida 5,5 ball.

Yoki Özbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholaş agentligi tomonidan beriladigan CEFR B2 (ingliz tilini biliş darajasi) sertifikati.

Eslatma: Kurs natijalari 2026-2027-öquv yilida magistratura kurslariga (TXVU magistratura dasturlariga) kiriş uçun amal qiladi.
Namunaviy öquv dasturi mazmuni

Tadqiqot va havolalar beriş: Asosiy tadqiqot könikmalari, manbalarni baholaş, integratsiya qiliş, iqtibos keltiriş (parafraza va töğridan-töğri iqtiboslar), havolalar beriş (oğzaki va yozma), tadqiqot etikasi, akademik halollik.
Akademik yozuv va til könikmalari: Mantiqiy izçillik va boğliqlik, grammatik tuzilmalar, paragraf tuzilişi, dalillaş, akademik til me’yorlari.
Raqamli va taqdimot könikmalari: IT savodxonligi, slayd dizayni, taqdimot könikmalari, jamoada işlaş könikmalari.
Öqiş va tinglab tuşuniş könikmalari: Matnni tuşuniş strategiyalari, akademik tinglaş va konspekt tuziş könikmalari.

Kurs böyiça baholaş

Kurs davomida quyidagi baholaş turlaridan ötasiz:

Formativ baholaş

Kurs davomida siz formativ baholaş va batafsil qayta aloqa olasiz. Uşbu baholaşlar yakuniy bahoni prognoz qilişda hamda rivojlantiriş zarur bölgan jihatlarni aniqlaşda siz va öqituvçilaringiz uçun yöriqnoma bölib xizmat qiladi.

Sizdan berilgan qayta aloqani mustaqil tahlil qiliş va aniqlangan kamçiliklar ustida işlaş kutiladi. Kursni muvaffaqiyatli yakunlaş uçun zarur bölgan jihatlarni körib çiqiş maqsadida öqituvçilaringiz bilan muntazam individual maşğulotlar ötkaziladi.

Yakuniy baholaş

Yakuniy baholaş kursning sönggi haftasida ötkaziladi. Siz quyidagi tört yönaliş böyiça baholanasiz: Öqiş, tinglab tuşuniş, gapiriş va yoziş. Har bir komponent böyiça alohida baho va pre-sessional kurs uçun yagona umumiy yakuniy baho beriladi. Uşbu baho asosida taqdim etilgan sertifikatdan tanlangan magistratura dasturiga kiriş uçun foydalaniş mumkin.

  • Kurs narxi
    6,500,000 UZS

    *Narx mahalliy aholi uçun

  • Format
    Offline
  • Davomiyligi
    2 oy /
    haftasiga 3 marta
  • Soatlar soni
    96 soat
  • Til
    Ingliz tili
  • Röyxatdan ötiş muddati
    15 - dekabr 2026
Eslatma: Kurs natijalari 2026-2027-öquv yilida magistratura kurslariga (TXVU magistratura dasturlariga) kiriş uçun amal qiladi.
RÖYXATDAN ÖTIŞ
Özbekistan +998
reCAPTCHA *
Özbekistan +998
reCAPTCHA *